• Слайдер #1

Rahbariyat

Raximov Shuxrat Nishanalievich

«Uzvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi
Telefon:  998(71) 244-27-56
Faks:  998(71) 244-17-11
Elektron pochta:  rais@vinsanoat.uz
Qabul kunlari:  Xar kuni, dam olish kunlaridan tashqari 10:00 -12:00

Tarjimai hol
1973 yili Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumanida tug'ilgan.
Millati - O'zbek
Ma'lumoti: oliy 
Tamomlagan:
1994 y. Toshkent avtomobil va yo'llar instituti (kunduzgi), 2003 y. Toshkent moliya instituti (sirtqi)
1994-2004 yy. - Yangiyo'l shaxar Davlat soliq inspektsiyasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.  
2004-2008 yy. - Chinoz tuman Davlat soliq inspektsiyasi va Olmaliq shaxar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.
2008-2009 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Huquqini muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmatining inspektori
2009-2010 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha Davlat maslaxatchisi xizmatining etakchi inspektori
2010-2012 yy. - Toshkent shaxar Davlat soliq boshqarmasi boshlig'i
2012 y. -  hozirgi vaqtda.  - «O'zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Sh.Raximov oilali, ikki o'g'li va bir qizning otasi.
Vazifalari
Kompaniya hamda unga tegishli tashkilotlar va korxonalar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Xolding kompaniyasi faoliyatining asosiy masalalari va yo'nalishlarini amalga oshirish ishiga boshchilik qiladi, xususan: 
а) ozuqaviy spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jixozlash uyzasidan yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish;
б) ozuqaviy spirt, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
в) tashqi va ichki bozorda marketing tadqiqotlarini o'tkazish, korxonalarga yangi raqobatbardosh mahsulotlarni o'zlashtirish va tashqi bozorga chiqarishda yordam berish;
г) tarmoqqa xorijiy sarmoyalarni keng jalb qilish, xorijiy investorlar bilan birgalikda qo'shma korxonalar tuzishga ko'maklashish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va ko'rsatmalarini, xolding boshqaruvi qarorlari va boshqa normativ hujjatlarni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Kadrlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish,harakatdagi kadrlar zahirasini tuzish, doimiy o'qitish va ulardan samarali foydalanish masalalari bo'yicha rahbarlikni amalga oshiradi
 .

Abdullaev Alisher Amanullaevich

«Uzvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi raisining o`rinbosari - «Uzspirtsanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
Telefon:  998(71) 244-80-29
Elektron pochta:  spirt@vinsanoat.uz
Qabul kunlari:  Xar kuni, dam olish kunlaridan tashqari 9:00 – 11:00

Tarjimai hol
1959 yilda Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug'ilgan.
Millati-o'zbek.
Ma'lumoti - oliy. 
1981 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi - muhandis - texnolog
1981 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagandan so'ng «O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding» xolding kompaniyasining vinochilik sohasidagi turli tashkilotlarida raxbarlik lavozimlarida ishlagan.
2006 yilda "O'zvinoasnoat-xolding" xolding kompaniyasi raisining o'rinbosari – “O'zspirtsanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelmoqda
A.Abdullaev oilali, ikki farzand otasi.
Vazifalari
«O'zspirtsanoat» АК ijroiya devoniga rahbarlik qiladi, ozuqaviy spirt, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ozuqaviy spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari modernizatsiya qilish, qayta qurish va texnik qayta jixozlash yuzasidan, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish xisobidan, yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish. Xorijiy investorlar bilan birgalikda qo'shma korxonalar tuzishga ko'maklashadi.
Spirt, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan belgilangan texnologik shartlarga rioya qilish, davlat standartlari talablariga javob beradigan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.  
Ichki va tashqi bozorda marketning tadqiqotlarini o'tkazishni amalga oshiradi va shu asosda eksport salohiyatini kengaytirishga yo'naltirilgan yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishning turg'unligini ta'minlaydi.   
Mamlakat ichkarisida va chet ellarda ko'rgazmalar, yarmarkalar, tashkil etish va o'tkazish masalalari bilan shug'ullanadi.  
Sanoat korxonalari uchun xom ashyo bazasini ko'rib chiqishni muvofiqlashtirish, kelajagi yaxshi navlarni joriy etish, uzum etkazib berish bo'yicha fermer xo'jaliklari bilan shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshiradi.  

Shamshiev Sabir Sayfutdinovich

«Uzvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi boshqarivi raisi o`rinbosari
Qabul kunlari:  Xar kuni, dam olish kunlaridan tashqari 17:00 - 19:00

Tarjimai hol
1963 йилда Тошкент вилояти, Янгийўл туманида туғилган.
Миллати - ўзбек
Маълумоти - олий 

1980-1985 йй. - Чиноз тумани қишлоқ-хўжалик техникуми талабаси

1981-1983 йй. - Совет Армияси сафида

1985-1993 йй. - САИМЭ экспериментал заводи чилангари, техника назорат бўлими катта устаси, техника назорат бўлими бошлиғи

1993-2005 йй. - «Янгийўл» агрофирмаси чилангари, механик-муҳандиси, омбор мудири, тайёр маҳсулотлар омбори устаси, бош муҳандиси

2005-2006 йй. - Янгийўл «Биокимё» очиқ акциядорлик жамияти спирт ишлаб чиқариш цехи бошлиғининг муовини

2006-2009 йй. - Янгийўл «Биокимё» очиқ акциядорлик жамияти бош муҳандиси

2009-2010 йй. - Янгийўл «Биокимё» очиқ акциядорлик жамияти вақтинча бош раҳбар вазифасини бажарувчиси

2010-2011 йй. - Янгийўл «Биокимё» очиқ акциядорлик жамияти бошқарув раиси вазифасини бажарувчиси

2011-2017 йй. - Янгийўл «Биокимё» акциядорлик жамияти бошқаруви раиси

2017-2017 йй. - «Ўзспиртсаноат» акциядорлик компанияси маркетинг ва ишлаб чиқаришни мувофиқлаштириш директори

2017 й. - ҳ.в. - «Ўзвиносаноат-холдинг» холдинг компанияси бошқаруви раисининг молия ва истиқболли ривожлантириш бўйича ўринбосари
Vazifalari
Tarmoqdagi korhonalar faoliyatining istiqbollarini belgilash, ularning iqtisodiy samaradorligini taxlil qilish ishlarini boshqaradi.   
Kompaniya korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini taminlash, ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini sog'lomlashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi . 
Tarmoq korxonalarida iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish ishlarining borishini nazorat qiladi.  
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bo'yicha komissiya ishida ishtirok etadi, shuningdek, buxgalterlik-moliyaviy jamlama balanslari va ularga qo'shimcha boshqa xujjatlarni nazorat qiladi.  
Ichki bozorda ulgurji-chakana savdoni rivojlantirish maqsadida marketing tadqiqodlari o'tkazadi.
«Sharobsavdo» ixtisoslashgan bazalari va firma do'konlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.   

Ko'rishlar: 3379