• Слайдер #1

Tender


Tanlov (tender), auktsionlar va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha bajariladigan ishlar rejasi


“O'zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi markaziy apparati xodimlari ehtiyoji uchun kerak bo'ladigan moddiy tovarlarni sotib olishni va bajariladigan xizmatlarni tartibga solish to'g'risida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 avgustdagi 02-02/1-214 – sonli yig’ilishi bayonnomasining 1- ilovasida ko’rsatilmagan moddiy-tovar boyliklar sotib olish va bajariladigan xizmatlarni tanlov asosida o’tkazish maqsadida.

B U Y U R A M A N:

1. “O’zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi markaziy apparati xodimlari va ishchi xizmatchilar ehtiyoji uchun sotib olinadigan moddiy tovar boyliklarini va bajariladigan hizmatlarni bajarishda tanlov o’tkazish, tanlov g’olibini aniqlash va bajarilgan ishlarni qabul qilish maqsadida quyidagi tarkibda ishchi guruxi tuzilsin:

Ishchi guruhi raisi

Abduraimov A.

- Ishlar boshqarmasi boshlig'i

Guruh azolari:

Qambarov Q.

-Investitsiya va modernizatsiyalash loyixalarini kompleks boshqarish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari

Gaziev B.

-Vinochilik korxonalarini rivojlantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Zaynutdinova S.

- Ishlar boshqarmasi bosh mutaxasisi

Mansurxonov A. 

Aliqulov B.

- Komendant

- Mehnat bo'yicha texnik

Karimberdieva N.

- Ish yurituvchi kotiba 

2. Sotib olinadigan moddiy tovar boyliklarni va bajariladigan xizmatlarni bajarishda o’tkaziladigan tanlov g’oliblari ishchi guruhining bayonnomasi asosida aniqlansin

3. Moddiy tovar boyliklari sotib olish va bajariladigan xizmatlar uchun o’tkazilgan tanlov g’oliblari bilan shartnomalar tuzish va uni amalga oshirish Ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh.Sharipovga yuklatilsin.

4. Moddiy tovar boyliklari sotib olish va bajariladigan xizmatlar uchun kerak bo’ladigan mablag’lar bilan taminlash moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’i A.Xaqberdievga yuklatilsin.

5. Kompaniyaning 2013 yil 17 avgustdagi 95-sonli buyrug’i o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

6. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish boshqaruv Raisi o’rinbosari R.Boboev zimmasiga yuklatilsin.

      Boshqaruv raisi                                                                                         Sh.Raximov

TEL: +99871 244-12-04


BIRIKTIRILGAN  HUJJAT:


Ko'rishlar: 2601